20:03 / 09.11.2018
3 646

Ruslan Nurudinov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Ruslan Nurudinov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Turkmaniston poytaxtida og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Biroz avval -109 kg vazn toifasidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Ruslan Nurudinov siltab ko‘tarish mashqida 227 kg natija bilan bronza medaliga ega chiqdi. Yurtdoshimiz dast ko‘tarish mashqini afsuski, muvaffaqiyatsiz yakunlab, 3 urinishdan foydalana olmadi. Shu bois ham ikki kurash bo‘yicha medallardan biriga egalik qilolmadi.

Ushbu vazn toifasida chempionlik Armaniston vakili Simon Martirosyanga nasib etdi. Olimpiya o‘yinlarining sovrindori bo‘lgan ushbu sportchi dast ko‘tarish mashqini 195 kg, siltab ko‘tarish mashqini ikkinchi urinishda 240 kg (jami 435 kg) bilan yakunlandi va yakuniy hisobda chempionlik uchun uchinchi urinishga hojat qoldirmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruslan Nurudinov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi