01:08 / 10.11.2018
3 356

Afsonaviy bokschi Feliks Savon hibsga olindi

Afsonaviy bokschi Feliks Savon hibsga olindi
Boks bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni, kubalik Feliks Savon o‘z yurtida balog‘atga yetmagan bolani zo‘rlashda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Boxing Scene portaliga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 51 yoshli sobiq bokschi bir oilaning shikoyatidan keyin hibsga olingan. Ota-onaning ta’kidlashicha, Savon ularning 12 yoshga yetmagan farzandini zo‘rlagan.

Savon 30 sentyabrda hibsga olingan, biroq hukumat bu voqeani ovoza qilishni istamayapti.

Ta’kidlanishicha, bu Savonning birinchi shunday qilmishi emas, hukumat milliy qahramonning sha’niga dog‘ tushirishni istamay, uning avvalgi shunday jinoyatlarini yashirib kelgan.

Savon sport faoliyatini 2001 yilda yakunlagan. U uch marta Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan tarixdagi 3 bokschidan biri hisoblanadi. Bunday natijaga o‘z vaqtida yana bir kubalik bokschi Teofilo Stivenson va vengriyalik Laslo Papp erishgan.

Feliks 91 kg gacha vazn toifasida Barselona (1992), Atlanta (1996) va Sidneydagi (2000) Olimpiadalarda zafar quchgan.

E’tiborlisi, hamyurtimiz Ruslan Chagayev 1997 yilgi jahon chempionatining finalida aynan Savonni mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Afsonaviy bokschi Feliks Savon hibsga olindi