07:34 / 10.11.2018
4 922

O‘zbek futboli tarixi “buzildi”: 56 yillik klub Superligani tark etadi

O‘zbek futboli tarixi “buzildi”: 56 yillik klub Superligani tark etadi
Kecha, 9 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 30-turi doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

«Lokomotiv» jamoasi «Buxoro»ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlik sari yana bir qadam ilgariladi.

O‘zbekiston Kubogi sohibi AGMK Olmaliqda «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan bellashib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Eslatib o‘tamiz, bugun Kubok sohiblariga avtomashinalar sovg‘a qilindi.

Quyi oltilikda Superligada qolish uchun kurashayotgan ikki jamoa — «Neftchi» va «So‘g‘diyona» Farg‘onada o‘zaro hisob-kitob qildi.

Uchrashuv taqdirini 89-daqiqda jizzaxliklar legioneri Nikola Milinkovich tomonidan kiritilgan gol hal etdi. U penaltidan gol urib, «So‘g‘diyona»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

«Neftchi» esa mazkur mag‘lubiyat sabab Superligani muddatidan avval tark etаdi. Boisi farg‘onaliklar hisobida hozirda 17 ochko mavjud va ular so‘nggi o‘rinda. AGMK va «So‘g‘diyona» jamoalari esa 23 ochkodan jamg‘arib, quyi oltilikda 4 va 5-o‘rinni band etib turibdi. Agar «Neftchi» keyingi 2 ta o‘yinda 6 ochkoga ega bo‘lsa ham o‘zar o‘yinlardagi past natijalar sabab ulardan pastga joylashadi.

1962 yilda “Neftyanik” nomi bilan tashkil qilingan jamoa, o‘z tarixida ilk bor quyi ligaga ravona bo‘ladi.

Shu paytga qadar o‘zbek futboli tarixida faqatgina Toshkentning «Paxtakor», Namanganning «Navbahor» hamda Farg‘onaning «Neftchi» jamoalari Oliy ligadan pastlamagan edi. Demak, tarix o‘zgaradi va ular soni 2 ta bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek futboli tarixi “buzildi”: 56 yillik klub Superligani tark etadi