14:20 / 10.11.2018
2 992

Drogba futbolchilik faoliyatini yakunladi

Drogba futbolchilik faoliyatini yakunladi
«Chelsi» klubining sobiq hujumchisi Dide Drogba faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazdi.

40 yoshli uvuarlik futbolchi AQShning «Finiks Rayzing» safida YuSL Kubogi finalida so‘nggi bor maydonga tushdi. Ushbu bahsda uning jamoasi «Luisvill Siti»ga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Drogba «Marsel» va «Chelsi»dagi faoliyati bilan mashhur (14 ta sovrin 4 chempionlik). Shuningdek, u «Le-Man», «Gengam», «Galatasaray», «Shanxay Shenxua» va «Monreal Impekt» klublarida ham o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Drogba futbolchilik faoliyatini yakunladi