18:04 / 10.11.2018
3 374

Superliga. "Paxtakor" "Metallurg"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Paxtakor" "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Superliganing 30-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 69-daqiqasida Dragan Cheranning chap qanotdan oshirgan to‘pini Tiago Bezerra yaqin masofadan darvozaga yo‘lladi - 1:0.

81-daqiqada Xojiakbar Alijonovning o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirgan to‘pini Bahrom Abdurahimov darvozaga yo‘lladi - 2:0. 90+3-daqiqada Abror Xusinov hisobni qisqartirdi - 2:1.

O‘yinda "Paxtakor" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Paxtakor" - "Metallurg" 2:1
Gollar:
Tiago Bezerra 69, - 1:0 (Dragan Cheran). Bahrom Abdurahimov 81, - 2:0 (Xojiakbar Alijonov). Abror Xusinov 90+3, - 2:1.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Jahongir Ahmadov (Jamshid Iskanderov, 39), Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Ismoil Gonsalvesh, 66), Yegor Krimets, Kamoliddin Tojiyev, Jasur Yaxshiboyev (Bahrom Abdurahimov, 79), Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Tiago Bezerra.

Zaxira: Eldor Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Vladimir Kozak, Igor Sergeyev, Sobit Sindarov.

"Metallurg": Javohir Ilyosov, Zoir Jo‘raboyev, Ibrohim Yo‘ldoshev (Muhammad Isayev, 48), Shahzod Shaymanov (Zafar To‘rayev, 60), Muhammadjon Sultonov (Pavel Smolyachenko, 85), Davron Umirov, Doniyor Hoshimov, Sherzod Fayziyev, Hudoyshukur Sattorov, Bahodir Pardayev, Abror Husinov
Zaxira: Zafar Safoyev, Abror Toshqo‘ziyev, Otabek Zokirov.

Ogohlantirishlar: Ibrohim Yo‘ldoshev 31, Muhammad Isayev 58, Xudoyshukur Sattorov 72, Muhammadjon Sultonov 84, Kamoliddin Tojiyev 89.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" "Metallurg"ni mag‘lub etdi