20:06 / 10.11.2018
3 051

Messi jamoasi safga qaytdi

Messi jamoasi safga qaytdi
«Barselona» klubi Primera 12-turidan o‘rin olgan «Betis»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga jarohatidan tiklanib olgan Lionel Messi ham kiritildi. Eslatib o‘tamiz, u 20 oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda qo‘lini sindirib olgandi.

«Barselona» qaydnomasi quyidagi ko‘rinishni olgan:
Ter Stegen, Semedu, Pike, Rakitich, Buskets, Denis Suares, Artur, Luis Suares, Messi, Sillessen, Malkom, Lengle, Alba, El-Xaddadi Munir, Serxi Roberto, Vidal, Umtiti, Alenya.

Qaydnomaga jarohatlangan Filippe Koutino kiritilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi jamoasi safga qaytdi