21:03 / 10.11.2018
3 566

«Navbahor» Namanganda «Bunyodkor»dan ustun keldi

«Navbahor» Namanganda «Bunyodkor»dan ustun keldi
O‘zbekiston chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Bunyodkor» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi va ikki tomonda ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Uchrashuvning 64-daqiqasida mezbonlar penalti ishlab olishdi. 11 metrlik jarima zarbasini Ro‘zimboy Ahmedov aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, ushbu bahsda mezbonlar g‘alaba qozonishdi.

Superliga, 30-tur

«Navbahor» – «Bunyodkor» 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 64, penalti Ahmedov.

«Navbahor»: 45.Akbar To‘rayev, 5.Igor Golban, 6.Oston O‘runov, 8.Ayubxon Nomanov, 9.Dilshod Jabborov (s), 10.Azizbek Turg‘unboyev, 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zamjon Aliyev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov (17. Sardor Sulaymonov, 83), 24.Davronbek Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov.

«Bunyodkor»: 32.Suhrobjon Sultonov, 2. Rustam Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 8.Javlon Ibrohimov (s), 9. Shahzodbek Nurmatov (14. Mirjahon Miraxmadov, 78), 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov (99. Filipp Rayevats 82), 77. Azizbek Haydarov (44. Mirjamol Qosimov, 62).

Ogohlantirishlar: Haydarov 8, Ahmedov 8, Hoshimov 48, Komilov 63, Ibrohimov 76.
Chetlatish: Ibrohimov 90+2.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Navbahor» Namanganda «Bunyodkor»dan ustun keldi