Shota Arveladze: "Bugun Lobanovga imkon berdik"

  • 10-11-2018, 22:16
  • 330
  • Sport
  • Shota Arveladze: "Bugun Lobanovga imkon berdik"
    "Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.

    "Har 3-4 kunda o‘yin o‘tkazayapmiz. Har bir o‘yin biz uchun juda muhim. Final ham, Superliga ham. Qiyin, ammo asosiysi g‘alaba qozondik. Birinchi taymning o‘zida masalani hal qilishimiz mumkin edi. Futbolda barchasi tezda bo‘lmaydi. Bir qator futbolchilarga dam berdik. Endi terma jamoa o‘yinlari bor. O‘yinchilarga safarga yaxshi borib kelishlarini tilayman", - deydi Shota Arveladze.

    - Bugun maydonga Lobanovni tushirdingiz...
    - O‘zini ko‘rsatish uchun imkon berdik. Butun mavsum davomida jamoa bilan birga ishladi, yaxshi ishladi.

    » » Shota Arveladze: "Bugun Lobanovga imkon berdik"