23:00 / 10.11.2018
3 669

Elnur bugungi jangda braziliyalik jiddiy raqibga qarshi ringga ko‘tariladi

Elnur bugungi jangda braziliyalik jiddiy raqibga qarshi ringga ko‘tariladi
Professional boksning super yarim yengil vazn (- 58,96 kg) toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov 10 noyabr kuni o‘zining uchinchi jangida braziliyalik jiddiy raqibga qarshi ringga ko‘tariladi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan RMK yakkakurashlar akademiyasi sport saroyida bo‘lib o‘tadigan jangda Elnurga braziliyalik tajribali raqib Ayelio Meskita raqiblik qiladi. Jang 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: Ayelio Meskita shu kunga qadar professional boksda 19 ta jang o‘tkazib, ularning 17 tasida g‘alaba (15 ta nokaut) qozongan. Ikkita jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Elnur Abduraimov esa professional boksda ikkita jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham g‘alaba qozongan. Ikkala jang ham muddatidan avval Elnur foydasiga hal bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur bugungi jangda braziliyalik jiddiy raqibga qarshi ringga ko‘tariladi