01:39 / 11.11.2018
4 085

Muay tay ustasi Mansur Tolipov 3-raundda raqibini nokaut qildi (foto)

Muay tay ustasi Mansur Tolipov 3-raundda raqibini nokaut qildi (foto)
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Mansur Tolipov o‘zining navbatdagi jangini muay tay bo‘yicha Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazdi.

Har olti oyda bir marta tashkil etiladigan mazkur turnirda o‘zbekistonlik jangchi reyting uchun ringga chiqdi. Ushbu turnirda unga mezbonlar vakili Kola Banchamek raqiblik qildi.

Uch raund etib belgilangan va 77 kg vazn toifasida o‘tkazilgan to‘qnashuvda Tolipov o‘z ustunligini namoyish etib, 3-raundda raqibini muddatidan oldin mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz navbatdagi jangini Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazishi kerak edi, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra, jang qoldirilgan edi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muay tay ustasi Mansur Tolipov 3-raundda raqibini nokaut qildi (foto)