15:05 / 11.11.2018
5 263

Diyor Imomxo‘jayev: "Oldin talab jiddiy bo‘lgan, nazorat esa xalta"

Diyor Imomxo‘jayev: "Oldin talab jiddiy bo‘lgan, nazorat esa xalta"
PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev kelasi yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablari o‘z kuchida qolishi, biroq, nazorat kuchaytirilishini ta’kidladi.

"Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, “Buxoro” futbol klubi — PFK (professional futbol klub). Jamoa istasa buni MSK (mega super klub) qilib ham o‘zgartirishi mumkin.

2019 yilgi mavsum oldidan futbol klublari litsenziyalashdan o‘tkaziladi. Oldin talab jiddiy bo‘lgan, nazorat esa xalta. Endi talab deyarli o‘sha-o‘sha qoladi, nazorati jiddiy bo‘ladi (umid qilamanki, hamma uchun teng bo‘ladi).

Masalan, “Paxtakor”da super klub bo‘lish uchun nazariy jihatdan imkoniyat bor. Buning uchun klub tezroq futbol akademiyasiga, o‘z stadioniga, bazasiga, futzal, ayollar, U18 jamoalariga ega (yana boshqa talablar ham bor albatta) va albatta xususiy bo‘lishi kerak.

“Nasaf” esa o‘sha PFK maqomiga mosroq (shu klubni bunyod qilganlar omon bo‘lsin). Stadioni bor, bazasi bor, akademiyasi va boshqa narsalari bor. Ammo davlat korxonasi tomonidan moliyalashtiriladi. Shu klub O‘zbekiston chempioni bo‘la olmagan, biroq chempion bo‘lgan ko‘pgina klublarni infratuzilmasi bo‘yicha ortda qoldiradi.

Qolgan hamma hozircha faqatgina FK (futbol klub). Shunchaki litsenziyalash talablarini bajarishiga ko‘ra Superliga, Pro-liga yoki 2-liga bo‘lib tavsiflanadi. 2019 yildan boshlab Superliga va Pro-liganing talabi bir-biridan katta farq qilmaydi. Masalan, Superligadan tushib ketishi mumkin bo‘lgan chunonchi “Neftchi” bilan, shu liga uchun Pro-ligadan da’vogar bo‘lgan “Surxon” o‘rtasida deyarli farq bo‘lmasligi shart. Ikki liga o‘rtasidagi kattagina jarlik (tafovut) yo‘qolishi asosiy masaladir", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: "Oldin talab jiddiy bo‘lgan, nazorat esa xalta"