10 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC BOXING PROMOTIONS promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga chiqishdi.
Professional boksda faoliyat boshlagan Mahmud G‘oipov tanzaniyalik Iddi Makveraga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik bokschi birinchi raunddayoq raqibni nokdaun holatiga tushirdi. Bu vaziyatda raund yakunlanib qolgani tufayli tanzaniyalik bokschi nokautdan qutulib qoldi. Ammo uchinchi va to‘rtinchi raundlarda ham G‘oipovning kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborib, polga qulagach, referi texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa, Mahmud G‘oipov professional boksdagi ilk jangidayoq nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Havaskor boksda 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Mahmud G‘oipov 2016 yilning fevralida Bolgariyadagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan, 2016-2018 yillarda «Uzbek Tigers» jamoasi safida musobaqalarda qatnashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi