15:56 / 11.11.2018
2 694

"Borussiya" D ustozi "Bavariya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

"Borussiya" D ustozi "Bavariya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr kecha "Bavariya" (3:2) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bunday uchrashuvlar Bundesliga uchun ajoyib reklama bo‘ladi deb hisoblayman. Dastlabki 30 daqiqada raqib maydonda ustunlik qildi. Aytishim lozimki, bu mavsum men bunday kuchli “Bavariya”ni ko‘rmagandim. Ammo, tanaffusdan so‘ng biz yaxshiroq o‘ynadik. Xatto, hisob 1:2 bo‘lib turganda ham biz hujum qilishdan to‘xtamadik, chunki g‘alaba qozonishimiz mumkinligini sezgandik. Biz ushbu natijadan to‘liq qoniqish xosil qildik. Lekin, maqsadga yetishish uchun oldinda yana ko‘p ishlar qilishimiz kerak”, - deydi Favr.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng “Borussiya” Dortmund o‘z peshqadamligini saqlab qoldi, bundan tashqari o‘zining prinspial raqibi hisoblangan “Bavariya” bilan oradagi farqni 7 ochkoga yetkazib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Borussiya" D ustozi "Bavariya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?