16:20 / 11.11.2018
3 340

Usik Bellyuni nokautga uchratib Joshuaga qarshi ringga chiqish imkoniga ega bo‘ldi (video)

Usik Bellyuni nokautga uchratib Joshuaga qarshi ringga chiqish imkoniga ega bo‘ldi (video)
Boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik britaniyalik Toni Bellyuga qarshi himoya jangini o‘tkazdi.

11 noyabr kuniga o‘tar kechasi Manchesterda o‘tgan jangda Usik 8-raundda Bellyuni nokautga uchratdi va og‘ir vaznda Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkilotining (WBO), Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA Super), Xalqaro bokschilar federatsiyasi (IBF) va The Ring kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

31 yoshli ukrainalik bokschi uchun bu g‘alaba faoliyatidagi 16-g‘alaba bo‘ldi. U o‘z janglaridan 12tasida raqiblarini nokautga uchratgan, hali hech kimga yengilmagan.

2012 yilgi London Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan Usik shu yilning 22 iyulida Moskvada o‘tgan Butunjahon boks superseriyasining (WBSS) birinchi finalida rossiyalik Murat Gassiyevga qarshi jangga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan hamda og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi.

Bellyu esa bu mag‘lubiyatdan keyin faoliyatini yakunladi. U shu kungacha professional ringda 30 g‘alabaga erishgan, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgandi. U WBC kamariga egalik qilgan.

Bundan avvalroq Usik superog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Entonio Joshua bilan jang o‘tkazish istagi haqida ma’lum qilgandi. U faqat superog‘ir vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritganidan keyingina faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usik Bellyuni nokautga uchratib Joshuaga qarshi ringga chiqish imkoniga ega bo‘ldi (video)