O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida xabaringiz bor.
Bugun 13 noyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz Seul - Brisben yo‘nalishi bo‘ylab deyarli 10 soat davom etgan parvozdan so‘ng Avstraliyaga yetib kelishdi.
Futbolchilar avvaldan belgilanganidek Gold Kostdagi "Hilton Surfers Paradise" mehmonxonasiga joylashishdi. Terma jamoa a’zolari mehmonxonada hordiq chiqarishganidan so‘ng bugun kechqurun "CBUS Super Stadium" o‘yingohida mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, 20 noyabr kuni futbolchilarimiz Janubiy Koreya bilan kuch sinashishadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi