03:30 / 14.11.2018
2 525

Ligalarimizga ham “qayta qurish” kerak...

Ligalarimizga ham “qayta qurish” kerak...
Superliga va Pro-liga klublari uchun eng kerakli narsa bilasizmi nima? PERESTROYKA! Kayfim joyida, Gorbachevning muxlisi ham emasman. Shunchaki so‘z yaxshi topilgan. Aniqrog‘i, bundan yaxshisini topa olmadim. Perestroykaning asosi litsenziyalashda yotadi. Jahon futboli amaliyotida bu narsa bejizga joriy qilinmagan.

Agar hamma narsa to‘g‘ri boshqarilganida edi, biz kamida “Nasaf”dek jamoalarga ega bo‘lib olishimiz kerak edi. Kun kelib hukumat o‘z korxonalariga STOP deydi va keyin ular jon deb futbol klublariga pul ajratmaydi (eng yomonini tasavvur qilib turamiz-da endi). Mana shunday vaqtda kim yashab qoladi?

Anavi Kuboklarni yutish uchun avval klubning libosi bo‘lishi kerak, jangga yalang‘och kirish uyatli baribir. Shuning uchun ham klublar oldin o‘zini kiyintirishi, undan keyin yurish boshlashi kerak chempionlik uchun.

Hozir ahvol qanaqa deysizmi? Ba’zi klublarda nafaqat pul yetishmovchiligi bor, balki qarzlar ham talaygina. Bulardan qutilmagunicha klublar endi transfer oynasida hech narsa qila olmaydi. Kerak bo‘lsa 20 ga to‘lmagan futbolchilar bilan mavsumni o‘tkazsin, ammo endi qarzlardan qutiladi.
Diyor Imomxo‘jayev

Manba: interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ligalarimizga ham “qayta qurish” kerak...