Yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘zining avtobiografik kitobi nashrdan chiqishini ma’lum qildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
"KhabibTime" nomli avtobiografiyam tayyor va chop etish uchun topshirildi. Bu haqida sizlarga e’lon qilayotganimdan mamnunman.
Ushbu kitob ustida ikki yil davomida ishladik. Zaur Kurbanov bilan birga kitob yozishni boshlaganimizda ikki yildan so‘ng UFC chempioniga aylanishimga ishonchim komil emasdi. O‘shanda menga "Kitob yozish uchun hali erta emasmi, buning uchun chempion bo‘lish lozim" degan gapni aytishgandi. Umuman olganda tanqidlar yetarli bo‘lgandi. Bu tavakkal edi. Endi esa bu kitob dunyo yuzini ko‘rishga haqli.
Kitob taqdimotini hayajon bilan kutmoqdaman. Taqdimot 26 noyabr kuni Moskvadagi "Synergy Global Forum" biznes-forumida o‘tkaziladi", - deb xabar qoldirgan sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi