08:53 / 15.11.2018
3 210

Oʻzbekiston navbatdagi Osiyo oʻyinlaridan biriga mezbonlik qilishi mumkin

Oʻzbekiston navbatdagi Osiyo oʻyinlaridan biriga mezbonlik qilishi mumkin
Oʻzbekiston 2030 yil oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilish mumkin. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimovga tayanib “Xalq soʻzi“ nashri xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi paytda 2030 yil oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlari oʻrganib chiqilmoqda. Buning uchun mamlakatimizda mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarining quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini oʻrganish asosida munosib sport infratuzilmasini yaratish masalalari yuzasidan Hukumatga takliflar kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston navbatdagi Osiyo oʻyinlaridan biriga mezbonlik qilishi mumkin