09:48 / 15.11.2018
3 303

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiya bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiya bilan durang o‘ynadi
Foto: O‘FA matbuot xizmati
Birlashgan Arab Amirliklarida Dubai Cup musobaqasi doirasida 14 noyabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi.

Yaponiyaga qarshi bahsda 2:2 hisobida durang natijasi qayd etildi. O‘zbekiston safida Aziz Omonov 14-daqiqada gol kiritgan bo‘lsa, yana bir gol 29-daqiqada Oston O‘runov nomiga yozildi.

Ravshan Haydarov boshchilgidagi terma jamoa endi 17 noyabr sanasida BAA termasiga, 20 noyabr kuni esa Kuvayt olimpiyachilariga qarshi bahs olib boradi.

Dubai Cup
14 noyabr, chorshanba

BAA—Kuvayt 2:1
O‘zbekiston—Yaponiya 2:2

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiya bilan durang o‘ynadi