07:57 / 16.11.2018
3 768

Usmon Toshev Tojikiston milliy terma jamoasini ham boshqaradi

Usmon Toshev Tojikiston milliy terma jamoasini ham boshqaradi
Tojikiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi uchun tayyorgarlikni shu yilning dekabr oyidan boshlaydi.

Yilning so‘nggi 30 kunligida qo‘shnilarimiz ikki haftalik o‘quv-yig‘ini o‘tkazishadi. Tojikiston bir oyning o‘zida to‘rtta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ularga Yaman, Ummon (ikkita marta) va Bahrayn terma jamoalari raqiblik qiladi.

9 dekabr (yakshanba)
Yaman – Tojikiston
Doxa, Qatar

13 dekabr (payshanba)
Ummon – Tojikiston
Maskat, Ummon

16 dekabr (yakshanba)
Ummon – Tojikiston
Maskat, Ummon

20 dekabr (payshanba)
Baxrayn – Tojikiston
Manama, Bahrayn.

E’tiborlisi, mazkur to‘rt uchrashuvda qo‘shnilarimizni o‘zbekistonlik murabbiy Usmon Toshev maydonga boshlab tushadi. Qayd etish joiz, hamyurtimiz ilgariroq Tojikiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani borasida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev Tojikiston milliy terma jamoasini ham boshqaradi