13:35 / 16.11.2018
3 515

Ektor Kuper bugun 63 yoshni qarshiladi

Ektor Kuper bugun 63 yoshni qarshiladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Ektor Kuper boshchiligida ayni kunlarda Avstraliyaning Brisben shahrida yig‘in o‘tkazishmoqda.

Bugun milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper 63 yoshni qarshi oldi. Argentinalik mutaxassis 1955 yilning 16 noyabr kuni tavallud topgan. Terma jamoamiz futbolchilari va delegatsiya a’zolari bugun tushlik vaqtida Kuperni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi. Unga eng ezgu tilaklarni tilashdi.

O‘z o‘rnida biz ham Ektor Kuperni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz hamda unga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qoladi. Umid qilamizki, ushbu murabbiy qo‘lostida milliy terma jamoamiz millionlab yurtdoshlarimizning azaliy orzusini ro‘yobga chiqarib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper bugun 63 yoshni qarshiladi