O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va yaqindagi “Shanxay SIPG” bilan Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgan Odil Ahmedov “Sport” telekanalida “Gol” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi. Bu haqda Sports.uz sayti xabar bermoqda.
Dastur davomida Odil Ahmedov boshlovchilarning: - “Shanxay SIPG”da muhit qanday?, - degan savoliga quyidagicha javob berdi: “Jamoada hammasi o‘zini ishini biladigan professional futbolchilar.
Futbolda “kollektiv” degan narsa juda ham muhim. Men o‘zimizni chempionatni ham kuzatib boraman. “Paxtakor”ni o‘yinini o‘xshamayotganini ko‘rib, o‘sha jamoada ukam to‘p tepsa ham hech qachon ichki muhitni so‘ramaganman. Lekin bilaman qanaqadir “kollektiv”i yaxshi emasligi shundoq ko‘rinib turadi.
Shuning uchun maydondan tashqari “kollektiv”lik juda ham muhim. Bu narsa bo‘lsa odam qanaqadir natijaga erishishi mumkin. Shuni biz amalda qo‘llay oldik. Har oy “Shanxay SIPG” futbolchilari bir joyga borib o‘tirib, gaplashib, hamma bir-birini qo‘llab-quvvatlashi juda kerakli narsa. Bu borada Xalk juda faol. Doim yigitlarni yig‘ib, jamoani birlashtirib, chempionlik ruhini uyg‘ota oldi”, - dedi Odil Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi