12:26 / 17.11.2018
4 063

Odil Ahmedov terma jamoaning himoyaviy taktikada o‘ynashga qiynalayotganini aytdi

Odil Ahmedov terma jamoaning himoyaviy taktikada o‘ynashga qiynalayotganini aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va yaqindagi “Shanxay SIPG” bilan Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgan Odil Ahmedov “Sport” kanalida “Gol” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi. Bu haqda Sports.uz sayti xabar bermoqda.

Dastur davomida Odil Ahmedov boshlovchilarning "Milliy terma jamoamizda maqsadga yetish yo‘lida qilinayotgan ishlar to‘g‘rimi?", - degan savoliga quyidagicha javob berdi.

- Ektor Kuper bilan 2-3 oy birga ishladik. Uning taktikasi himoyaviy. O‘zbek futbolchilari texnik jihatdan kuchli, hujumkor futbolga o‘rgangani uchun himoyaviy futbol o‘ynash ozgina qiyin bo‘lyapti.

Ektor Kuper tajribali murabbiy. O‘ylaymanki, o‘zi qilayotgan ishini Osiyo kubogida ko‘rsatsa kerak. Ijobiy natija kutib qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov terma jamoaning himoyaviy taktikada o‘ynashga qiynalayotganini aytdi