19:42 / 17.11.2018
3 435

Dubai Cup: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA termasini mag‘lub etdi

Dubai Cup: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA termasini mag‘lub etdi
17 noyabr, shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarida Dubai Cup musobaqasi doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mezbon BAA olimpiyachilariga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Sanjar Qodirqulov hamda Islom Qobilov mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki o‘yinida O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Dubai Cup’ning so‘nggi o‘yinida o‘zbekistonlik futbolchilar 20 noyabr kuni Kuvayt termasiga qarshi bahs olib boradi.

Dubai Cup
17 noyabr, shanba

BAA—O‘zbekiston 0:2
Gollar:
0:1 — 75 Qodirqulov, 0:2 — 80, penalti Qobilov.

BAA: Muhammad Ali Shokir, Abdulla Jassim Ali, Ali Solih Ali Amro, Abdullo Baxi, Issa Muhammad, Xalfar Hasan, Abdulrahmon Al Amriy, Xolid Muhammad, Majid Rashid, Ahmad Amr, Xolid Abdulla Muborak.

O‘zbekiston: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Husniddin G‘ofurov, Azizbek Omonov, Davron Umirov, Islom Kenjaboyev, Islom Rashidxonov, Mirjahon Mirahmadov, Sherzod Nasrullayev, Sharof Muhiddinov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dubai Cup: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA termasini mag‘lub etdi