Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi Rossiyaning Krasnodar shahrida bo‘lib o‘tadi.
WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan Shohjahon 14 dekabr kuni Andrey Andreyevga tegishli "Shkola chempionov" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.
Katta ehtimol bilan raqib braziliyalik bokschi bo‘ladi. Hozirda Ergashevning promouterlari ushbu jang yuzasidan muzokara olib borishyapti.
- Braziliyalik bokschi 17 ta jangning barchasida g‘alabaga erishgan. Men ham 15 ta jangda yuz foizlik natija ko‘rsatganman. Agar raqib bilan kelisha olsak, 14 dekabr kuni muxlislar ajoyib jangga guvoh bo‘lishadi, - dedi Ergashev saytimizga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional boksdagi faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 14 ta jangda hamyurtimiz raqiblarini nokautga uchratgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi