12:18 / 18.11.2018
3 645

Shaxmat. O‘zbekiston birinchi kunda 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Shaxmat. O‘zbekiston birinchi kunda 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo chempionati davom etyapti. Unda 6 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar kuch sinashmoqda. Kecha, musobaqaning ilk kuni rapid bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

O‘zbekiston jamoasi ajoyib natijani qayd etib, 48ta medaldan 34tasini, jumladan, 10ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Oltin medalni quyidagilar qo‘lga kiritdi:

1) Shahzod Islomov – 6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
2) Zaynura Abrorova – 6 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
3) Humoyun Bekmurodov – 8 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
4) Shahzoda Hasanova – 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
5) Akobirxon Saydaliyev – 10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
6) Afruza Hamdamova – 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
7) Umida Omonova – 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
8) Nodirbek Yoqubboyev – 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar;
9) Sitora Saparova – 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar;
10) Shamsiddin Vohidov – 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar.

Bugun, 18 noyabr kuni, standart shaxmat bo‘yicha chempionatning birinchi turi boshlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat. O‘zbekiston birinchi kunda 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi