07:27 / 19.11.2018
3 521

Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamarini munosib himoya qildi

Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamarini munosib himoya qildi
Professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov bugun Filippinda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Jangda bokschimizga xitoylik Vujati Nuyerlang raqiblik qildi. Bahs to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi (117:111, 118:111, 117:110).

Ushbu g‘alaba orqali Abdug‘ofurov o‘zining WBC Silver kamarini munosib himoya qildi.

Ma’lumot uchun, Azizbek Abdug‘ofurovning professional boksdagi janglari soni bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 12 taga yetdi. Hamyurtimiz janglarining barchasida g‘alaba qozongan. To‘rtta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan. Nuyerlang esa bugun faoliyatidagi 13-jangini o‘tkazdi. U bungacha 11 marotaba raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan (9 tasida nokat evaziga). Abdug‘ofurovga qarshi jangda u faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamarini munosib himoya qildi