02:43 / 19.11.2018
5 328

Messi "Barselona"ga to‘rt futbolchi olib kelinishini istaydi

Messi "Barselona"ga to‘rt futbolchi olib kelinishini istaydi
"Barselona" sardori Leo Messi klub rahbariyatiga bir necha futbolchini transfer qilish borasida iltimos bilan chiqdi.

"Don Balon" xabariga ko‘ra, argentinalik forvard jamoaga himoyachi Jibril Sidibe ("Monako"), hujumchi Kshishtof Pyontek ("Jenoa"), vingerlar Eden Azar ("Chelsi") yoki Muhammad Saloh ("Liverpul") kabi futbolchilardan birini olib kelish kerakligini rahbariyatga aytib o‘tgan. Ularning biri Usmon Dembelening o‘rnida harakat qiladi.

Hisoblab chiqadigan bo‘lsa, "Barselona" ushbu transferlar uchun 300 mln yevro sarflashi kerak. Biroq bu moliyaviy feyr-pleyga to‘g‘ri kelmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi "Barselona"ga to‘rt futbolchi olib kelinishini istaydi