Xabaringiz bor UYeFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Angliya va Xorvatiya (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda inglizlarga g‘alaba keltirgan golga jamoa sardori Xarri Keyn mualliflik qildi.
E’tiborlisi, shu tariqa 25 yoshli Keynning Angliya terma jamoasi safidagi gollari soni 20 taga yetdi. Unga ushbu natijani qayd etishi uchun bor yo‘g‘i 35 ta o‘yin kifoya qildi. Shu tariqa Keyn bu borada Angliyaning yaqin o‘tmishdagi eng zo‘r hujumchisi Ueyn Runini ortda qoldirdi. Boisi, Runiga terma jamoa safidagi ilk 20 ta golini kiritish uchun 49 ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Runi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 120 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 53 ta gol urgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring