08:25 / 19.11.2018
4 469

Meyvezerga Xabib bilan jang qilishi uchun 150 mln dollar taklif qilindi

Meyvezerga Xabib bilan jang qilishi uchun 150 mln dollar taklif qilindi
UFC rahbari Deyna Uayt amerikalik boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan aralash jang qoidalari bo‘yicha bahsga kirishishi uchun 150 million dollar taklif qildi.

Deyna Uaytning qayd etishicha, Floyd va Habib o‘rtasida jangning amalga oshish ehtimoli yuqori. Biroq u jangning boks qoidalari bo‘yicha o‘tishini ma’qullamayapti. Uayt ikkala sportchi MMA qoidalari bo‘yicha jang qilishi lozim deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida Konor Makgregor Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilib, mag‘lub bo‘lgandi. UFC rahbari esa bu safar Floydning navbati kelganini ta’kidlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Meyvezerga Xabib bilan jang qilishi uchun 150 mln dollar taklif qilindi