15:13 / 22.11.2018
4 756

Osiyo Chempionlar ligasiga qur’a tashlandi (foto)

Osiyo Chempionlar ligasiga qur’a tashlandi (foto)
OFKning Kuala-Lumpurdagi bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi va OFK Kubogining 2019 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kelgusi mavsum uchun O‘zbekiston klublariga 1+2 shaklida yo‘llanma ajratilgan. Ya’ni Superliga g‘olibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga chiqsa, chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa va kubok sohibi o‘tish o‘yinlar va pley-off orqali asosiy bosqichga yo‘l olishi mumkin.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni OChL «B» guruhidan joy oladi. Ushbu kvartetdan, shuningdek, Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni), Al-Vahda (BAA) va pley-off g‘oliblaridan biri (Qatar, Eron yoki Hindiston) o‘rin egallaydi.

Superliganing kumush medali egasi saralashdan o‘tish uchun avval 12 fevralda Iroqning «Eyr Fors» klubini mag‘lub etishi, bir hafta o‘tib BAAning «Al-Nasr» jamoasidan ustun kelishi talab etiladi. O‘zbekiston vitse-chempioni ana shu pley-offdan o‘ta olsa, «D» guruhiga tushadi va «Persepolis» (Eron), «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) va «Al-Sadd» (Qatar) klublari bilan kurash olib boradi.

OKMK ham O‘zbekiston kubogi sohibi sifatida o‘tish o‘yinlarida qatnashadi. Guruh bosqichida qatnashish uchun olmaliqliklar dastlab 12 fevral kuni Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni yengishi, undan so‘ng 19 fevralda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi ustidan g‘alaba qozonishi kerak. OKMK ushbu ikkita to‘siqdan o‘ta olsa, Chempionlar ligasining «A» guruhida kurashni davom ettiradi. Bu kvartetdan «Al-Vasl» (BAA), «Al-Zavra» (Iroq) klublari, shuningdek, saralashdan o‘tgan Qatar, Eron, Iordaniya va Kuvayt jamoalaridan biri ham o‘rin oladi.

OChLga o‘tish o‘yinlari
12 fevral

O‘zbekiston vitse-chempioni – «Eyr Fors» (Iroq)
OKMK – «Istiqlol» (Tojikiston)

19 fevral
«Al-Nasr» (BAA) – O‘zbekiston vitse-chempioni / «Eyr Fors» (Iroq)
«Al-Nasr» (Saudiya Arabistoni) – OKMK / «Istiqlol» (Tojikiston)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Chempionlar ligasiga qur’a tashlandi (foto)