16:20 / 23.11.2018
3 215

Pro litsenziyasiga o‘qitish bo‘yicha kurslarning birinchi moduli yakunlandi

Pro litsenziyasiga o‘qitish bo‘yicha kurslarning birinchi moduli yakunlandi
Toshkentda OFK instruktori Garri Fillips boshchiligida murabbiylarni Pro litsenziyasiga o‘qitish bo‘yicha kurslarning jismoniy tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan birinchi moduli yakunlandi.

Modulda nigeriyalik va hindistonlik murabbiylar bilan birgalikda O‘zbekistondan No‘mon Hasanov, Jafar Irismetov, Ro‘ziqul Berdiyev, Ilhom Mo‘minjonov, Jasur Abduraimov, Davron Fayziyev kabi murabbiylar ishtirok etishdi.

"Jismoniy tayyorgarlik zamonaviy futbolda eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ko‘pchilik murabbiylarda ayni shu tomonlama bilimlarning yetishmasligi ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu seminarda biz asosan, Yevropa davlatlari chempionatlarida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy metodlar bilan tanishtirdik", – dedi OFK instruktori Garri Fillips.

Ushbu kursning ikkinchi moduli 6 dekabr kuni o‘tkazilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pro litsenziyasiga o‘qitish bo‘yicha kurslarning birinchi moduli yakunlandi