10:36 / 25.11.2018
4 970

Bu yil "Oltin to‘p" mukofotini kim olishi ma’lum bo‘ldimi?

Bu yil "Oltin to‘p" mukofotini kim olishi ma’lum bo‘ldimi?
Taniqli italiyalik sport jurnalisti Tankredi Palmeri 3 dekabr kuni topshiriladigan “Oltin to‘p” mukofoti sovrindori kimligini ma’lum qildi.

Uning tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, bu yil “yilning eng yaxshi futbolchi” Antuan Grizmann bo‘ladi. U o‘tgan mavsum Madridning “Atletiko” jamoasi bilan Yevropa Ligasi hamda Fransiya terma jamoasi safida jahon chempionatida zafar quchdi.

– Mutaxassislar “Oltin to‘p” Grizmannga tegishi haqida gapirishmoqda. Tez orada ko‘ramiz, bu qanchalik haqiqat ekanligini, – deydi jurnalist Tankredi Palmeri.

27 yoshli Grizmann xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida kuchli uchtalikka kiritilmagan edi. Mukofot Madridning “Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib qilgan.

Avvalroq Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi va Turinning “Yuventus” jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilmaganligi ma’lum qilingan. Bunga argentinalik va portugaliyalik futbolchining jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab bo‘lgan.

Ronaldu va Messi 10 yil davomida “Oltin to‘p”ni hech kimga bermay keldi va besh martadan qo‘lga kiritgan. Bungacha so‘nggi marta 2007 yili braziliyalik Kaka ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu yil "Oltin to‘p" mukofotini kim olishi ma’lum bo‘ldimi?