10:17 / 28.11.2018
3 640

YeChL 5-tur natijalari. "Real" Rimda "Roma" ustidan g‘alaba qozondi, SSKA o‘z uyida yutqazdi

YeChL 5-tur natijalari. "Real" Rimda "Roma" ustidan g‘alaba qozondi, SSKA o‘z uyida yutqazdi
Chempionlar Ligasi 5-turi start oldi.

"Real Madrid" safarda "Roma" maydoniga safar qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi – 0:2.

47-daqiqada Beyl hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib, Vaskes jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

"Bavariya" esa o‘z maydonida "Benfika"ni yirik hisobda mag‘lub etdi – 5:1.

Maydon egalari safida Robben hamda Levandovski dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Riberi tomonidan kiritildi. Mehmonlarning yagona goliga Jedson Fernandesh mualliflik qildi.

Yana bir o‘yinda "Yuventus" o‘z maydonida "Valensiya"ni kichik farq bilan yengdi. O‘yindagi yagona gol 59-daqiqada Manjukich tomonidan kiritildi.

"Manchester Siti" esa safarda "Lion"ga qarshi kechgan o‘yinda ochko yo‘qotdi – 2:2.

Mezbonlar tarkibida Korne dublga erishgan bo‘lsa, "Manchester Siti" safida Laport hamda Aguero o‘z hisobiga 1tadan gol yozib qo‘ydi.

Roma – Real Madrid 0:2
Gollar:
0:1 – 47 Beyl, 0:2 – 59 Vaskes.
Roma – Olsen, Manolas, Kolarov, Florensi, Fasio, Nzonzi (Chorich, 64), Kristante, Dzanolo (Karsdorp, 69), Under, El-Shaaravi (Klyuyvert, 22), Shik.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente, Vaskes, Modrich (Valverde, 80), Beyl (Asensio, 84), Benzema (Dias, 77).
Ogohlantirishlar: Modrich (21), Dzanolo (42), Varan (90).

Bavariya – Benfika 5:1
Gollar:
1:0 – 13 Robben, 2:0 – 30 Robben, 3:0 – 36 Levandovski, 3:1 – 46 Jedson Fernandesh, 4:1 – 51 Levandovski, 5:1 – 76 Riberi.
Bavariya – Noyer, Boateng, Kimmix, Alaba, Zyule, Robben (Sanshesh, 72), Goretska, Riberi (Vagner, 78), Rafinya, Levandovski, Myuller (Chjon Vu Yen, 81).
Benfika – Vlaxodimos, Konti, Grimaldo, Andre Almeyda, Diash, Pitssi (Jedson Fernandesh, 46), Feysa (Alfa Semedu, 76), Rafa Silva, Pires, Servi, Jonas (Seferovich, 59).
Ogohlantirishlar: Robben (25), Riberi (33), Alfa Semedu (87).

Yuventus – Valensiya 1:0
Gol:
1:0 – 59 Manjukich.
Yuventus – Shchensnы, Bonuchchi, Aleks Sandro (Kuadrado, 46), Joau Kanselu, Kellini, Bentankur, Pyanich, Matyuidi, Ronaldu, Manjukich, Dibala (Duglas Kosta, 79).
Valensiya – Neto, Diakabi, Gabriel, Gayya, Koklen, Vass, Kondogbia (Soler, 72), Parexo, Gedesh, Rodrigo (Gameyro, 46), Santi Mina (Batshuayi, 68).
Ogohlantirishlar: Bentankur (13), Gayya (31), Kondogbia (43), Kuadrado (60), Diakabi (61), Gedesh (69), Batshuayi (74), Matyuidi (83).

Lion – Manchester Siti 2:2
Gollar:
1:0 – 55 Korne, 1:1 – 62 Laport, 2:1 – 81 Korne, 2:2 – 83 Aguero.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Mendi, Denayer, Fekir (Traore, 84), Ndombele, Depay, Auar, Korne (Tere, 89), Rafael (Tete, 74).
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Zinchenko, Silva, Fernandino, Sterling, Marez, Sane (Delf, 71), Aguero (Foden, 90).
Ogohlantirishlar: Fernandino (23), Sterling (34), Mendi (62).

Manchester Yunayted – Yang Boyz 1:0
Gol:
1:0 – 90 Fellayni.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Valensiya (Mata, 72), Djons, Fred (Pogba, 64), Matich, Lingard (Lukaku, 64), Fellayni, Marsyal, Reshford.
Yang Boyz – fon Ballmos, Kamara, Benito, Mbabu, fon Bergen (Garsiya, 46), Suleymani (Fassnaxt, 66), Lauper, Sou, Ebisher, Assale, Nsame (Ngamale, 83).
Ogohlantirishlar: Matich (22), Kamara (48), Benito (61), Valensiya (72).

SSKA – Viktoriya Plzen 1:2
Gollar:
1:0 – 10, penalti Vlashich, 1:1 – 56 Proxazka, 1:2 – 81 Geyda.

Hoffenxaym – Shaxter 2:3
Gollar:
0:1 – 13 Ismaili, 0:2 – 15 Tayson, 1:2 – 17 Kramarich, 2:2 – 40 Suber, 2:3 – 90 Tayson.

AYeK – Ayaks 0:2
Gollar:
0:1 – 68, penalti Tadich, 0:2 – 72 Tadich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL 5-tur natijalari. "Real" Rimda "Roma" ustidan g‘alaba qozondi, SSKA o‘z uyida yutqazdi