21:00 / 28.11.2018
4 351

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi «farq»

Ronaldu va Messi o‘rtasidagi «farq»
Foto: «Sky Sports»
Turinning «Yuventus» klubi «Valensiya»ni kichik hisobda (1:0) yutib, Yevropa Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqdi. Bu g‘alaba Krishtianu Ronaldu uchun o‘zgacha ahamiyatga ega: u ChL o‘yinlarida 100 marotaba g‘alabaga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Agarda Chempionlar ligasi va Chempionlar kubogi (ChL gacha o‘tkazib kelingan turnir) tarixiga nazar solinsa, faqat 10 ta klub bu turnirlarda 100 dan o‘yinlarda zafar qozongan. Chempionlar ligasi o‘tkazila boshlangan 1992 yildan boshlab hisoblansa, birgina Ronalduning o‘zi g‘alabalari ko‘pligi bo‘yicha bu turnirda qatnashgan 140 klubdan 136 tasini ortda qoldirgan. Eng ko‘p g‘alaba faqat «Real», «Bavariya», «Barselona» va «Manchester Yunayted»da .

Yana bir ko‘rsatkich: Ronaldu ChL da jami 121 ta gol urgan, eng yaqin ta’qibchi — Messida 105 ta gol bor. O‘rtadagi farq juda ham ozligi bu ikki buyuk futbolchining o‘yinlarini yana va yana kuzatishga chorlayveradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Messi o‘rtasidagi «farq»