10:12 / 29.11.2018
3 753

Nurmagomedovga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchta sportchi nomi oshkor qilindi

Nurmagomedovga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchta sportchi nomi oshkor qilindi
Mutloq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedovga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchta sportchi nomini ma’lum qildi.

– Nurmagomedov va Konor Makgregor mumkin bo‘lgan barcha rekordlarni yangiladi. U juda ajoyib bo‘ldi. Ishonish qiyin. Xabib g‘alaba qozondiyu va bizga uning uchun Toni Fergyuson, Dastin Pore yoki Konor bilan revansh jang tashkil qilish imkoniyatini taqdim etdi, — deydi UFC boshlig‘i.

Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedov va Makgregor revansh jangi qachon bo‘lishi noma’lum. Buning uchun Nevada atletik komissiyasi qarorini kutish kerakligini ta’kidlagan. Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi 10 dekabr kuniga mo‘ljallangan.

Ushbu jangdan so‘ng rossiyalik sportchi oktagon oshib o‘tib, ommaviy mushtlashuvni boshlagan. Voqea faqatgina politsiyachilar yordamida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan. Nurmagomedov bu holat sabab tituldan mahrum qilinmadi, biroq uning gonorari muzlatib qo‘yildi. Nevada atletik komissiyasi Nurmagomedov va Makgregor munosabatlarini surishtirishni boshlagan. Bu vaqtda har ikki jangchi janglarda ishtirok etishdan mahrum bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedovga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchta sportchi nomi oshkor qilindi