Mazkur jang 1 dekabr kuni Los-Anjeles (Kaliforniya shtati, AQSh)da tashkil etiladi.
Ikki vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni Evander Xolifild super og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder va ushbu kamarga da’vogar Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Bu haqiqatan ham ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Fyuri yaxshi bokschi. Ko‘p bokschilarga noqulay raqib hisoblanadi, chunki uning uzun qo‘llari bor. Bundan tashqari qarshi hujumda yaxshi urusha oladi. Uaylder Taysonning hujumga o‘tishini kutmasligi kerak. Agar jang Fyuri uchun muvaffaqiyatsiz keta boshlasa, u tajribasi va ayyorligidan foydalanadi. Agar jang natijasi haqida gapiradigan bo‘lsak, Deontey jangni tezroq tugatishi mumkin, ammo Fyuri Uaylderni 12 raundgacha olib borsa, qarama-qarshilik Taysonning foydasiga hal bo‘ladi, – deya Xolifildning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?