10:16 / 29.11.2018
3 265

«Barselona» birinchi o‘rinni naqd qildi, «Tottenxem» Londonda «Inter»ni mag‘lub etdi

«Barselona» birinchi o‘rinni naqd qildi, «Tottenxem» Londonda «Inter»ni mag‘lub etdi
Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 5-tur V guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

«Barselona» klubi PSV maydoniga safar qildi. «Filips» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

61-daqiqada Lionel Messi o‘zining ajoyib zarbasi bilan katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p vaqt o‘tmay Xerard Pike jamoasining ikkinchi golini urdi. Mezbonlarning yagona javob to‘piga Lyuk de Yong muallif bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Tottenxem» va «Inter» jamoalari masalaga oydinlik kiritishdi. «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yin taqdirini hal qilgan golni zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Kristian Eriksen urdi.

Guruhdagi vaziyat bilan tanishing: 1. «Barselona» (13), 2. «Tottenxem» (7), 3. «Inter» (7), 4. PSV (1).

Shu tariqa, o‘tgan turda pley-off masalasini hal qilgan «Barselona» endi birinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ydi. London va Milan klublari esa ikkinchi o‘rin uchun kurash olib boradilar.

Ushbu uchrashuvlarda kiritilgan gollarni UFF.uz Media kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

YeChL, 5-tur
V guruhi

PSV Gollandiya – Barselona Ispaniya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar:
0:1 – 61 Messi, 0:2 – 70 Pike, 1:2 – 82 de Yong.

PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever, Pereyro (Malen, 71), Xendriks (Guterres, 71), Losano, Rosario, Bergveyn (Romero, 79), de Yong.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Vidal, Buskets, Koutino (Malkom, 69), Rakitich, Dembele (Denis Suares, 80), Messi.

Ogohlantirishlar: Xendriks (25), Guterres (83), de Yong (83), Alba (86), Pike (90).

Tottenxem Angliya – Inter Italiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 80 Eriksen.

Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Devis, Ore, Vertongen, Uinks (Dayer, 87), Sissoko, Lamela (Eriksen, 70), Lukas Moura (Son Hin Min, 62), Alli, Keyn.

Inter – Xandanovich, de Vrey (Miranda, 82), Asamoa, D`Ambrozio, Shkrinyar, Nainggolan (Valero, 44), Brozovich, Perishich, Vesino, Politano (Keyta Balde, 83), Ikardi.

Ogohlantirishlar: Alderveyreld (28), Lamela (45), de Vrey (70), Son Xыn Min (73), Valero (81).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» birinchi o‘rinni naqd qildi, «Tottenxem» Londonda «Inter»ni mag‘lub etdi