22:54 / 29.11.2018
3 131

Pochettino: «Tottenxem»ning «Barselona» klubiga qarshi o‘yinida g‘alaba qozonishiga ishonaman

Pochettino: «Tottenxem»ning «Barselona» klubiga qarshi o‘yinida g‘alaba qozonishiga ishonaman
«Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Yevropa chempionlar ligasi 5-turida «Inter» jamoasiga qarshi kechgan o‘yin borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Tottenxem» yaxshi o‘yin namoyish qildi va g‘alaba qozonishga to‘liq haqli bo‘ldi. «Inter» ham yuqori darajadagi o‘yinni namoyish qila oldi. Ular mag‘lub qilish qiyin bo‘lgan kuchli raqib. Futbolchilarga nisbatan iliq fikrlarni bildirsa bo‘ladi. Biz ustunlik qildik va vaziyatlar yaratdik. Endi hammasi o‘z qo‘limizda.

Endi o‘zimizni o‘ylashimiz va keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish lozim. Kataloniyalikni mag‘lub etishimizga ishonaman. «Barselona»ning qanday yo‘l tutishi bizga bog‘liq emas. Chempionlar ligasida hech kim senga sovg‘a tayyorlab qo‘ymaydi», - deydi Pochettino

5 turdan keyin «Barselona» hisobida 13 ochko, «Inter» va «Tottenxem» hisobida bir xil 7 ochkodan mavjud.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pochettino: «Tottenxem»ning «Barselona» klubiga qarshi o‘yinida g‘alaba qozonishiga ishonaman