10:39 / 30.11.2018
3 601

Superligaga yo‘llanma. «AGMK» «Istiqlol» bilan, «So‘g‘diyona» esa «Mash’al»ga qarshi o‘ynaydi

Superligaga yo‘llanma. «AGMK» «Istiqlol» bilan, «So‘g‘diyona» esa «Mash’al»ga qarshi o‘ynaydi
Bugun PEPSI Superliga 32-turi doirasidan o‘rin olgan 3 ta o‘yin o‘tkazildi. Quyi oltilik jamoalari ishtirokida kechgan o‘yinlardan so‘ng musobaqa jadvalida qaysi jamoa nechanchi o‘rindan joy olishi oydinlashib ulgurdi.

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinni band etib, Superligani tark etdi. Endi Superliganing 10- va 11-o‘rinlarini egallagan jamoalar Pro liga klublariga qarshi pley-off bahslarida maydonga tushishadi.

"Mash’al" Superligada 11-o‘rinni egallagan “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushadi.

“Istiqlol” esa Superligada 10-o‘rindan joy olgan AGMK jamoasiga qarshi pley-off o‘yinida Superliga yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvlar 3-4 dekabr kunlari soat 14:00da bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlar qaysi maydnda o‘tkazilishi haqida ma’lumot keyinroq berilishi ta’kidlanmoqda.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligaga yo‘llanma. «AGMK» «Istiqlol» bilan, «So‘g‘diyona» esa «Mash’al»ga qarshi o‘ynaydi