19:10 / 30.11.2018
3 029

Boks. Hamyurtlarimiz Osiyoda eng yaxshi bo‘lish uchun davogarlik qilmoqdalar

Boks. Hamyurtlarimiz Osiyoda eng yaxshi bo‘lish uchun davogarlik qilmoqdalar
Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) qit’ada yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qildi.

Quvonarlisi, bir necha yo‘nalishlarda hamyurtlarimiz eng yaxshi bo‘lish uchun kurash olib boradilar.

«Yilning eng yaxshi bokschisi» nominatsiyasida ikki nafar sportchimiz davogarlar qatorida qayd etildi. Jakartadagi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Isroil Madrimov va Iqboljon Xoldorov bu borada eng yaxshi bo‘lish uchun nomzod bo‘lishdi.

Argentina Olimpiadasi, jahon va Osiyo chempionatlari g‘olibi Abdumalik Xalakov qit’ada «Yilning eng yaxshi yosh bokschisi» bo‘lishi mumkin.

Butunjahon boks seriyasida ishtirok etgan eng yaxshi osiyolik bokschi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida Bahodir Jalolov va Shahobiddin Zoirov qayd etildi.

«Osiyo boksida yil kashfiyoti» nominatsiyasida Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mirazizbek Mirzahalilov, shuningdek kumush medal sohibi Shunqor Abdurasulov ham kurash olib boradi.

«Osiyoda yilning eng yaxshi texnik mutaxassisi» bo‘lish uchun yana bir hamyurtimiz Dilshod Kazakov davogarlik qilmoqda.

Qit’amizning eng yaxshi hakami bo‘lish uchun hamyurtimiz Aleksandr Hamidov kurash olib boradi.

Osiyo o‘yinlarida 7 ta imkoniyatdan 7 ta medal jamg‘ara olgan O‘zbekiston boks federatsiyasi ham qit’ada yilning eng yaxshi federatsiyasi bo‘lish uchun nomzod bo‘ldi.

Siz ushbu HAVOLAga o‘tish orqali hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

Manba: www.olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Hamyurtlarimiz Osiyoda eng yaxshi bo‘lish uchun davogarlik qilmoqdalar