"Paxtakor" - "Bunyodkor" (4:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo yana bir bor "Lokomotiv"ni chempionlik bilan tabriklayman. Bugun ular Namanganda "Navbahor"ni ham mag‘lub etishdi. Bugun "Paxtakor" imidji uchun o‘ynadik. Bugungi o‘yinga kelgan muxlislarga va jurnalistlarga rahmat aytmoqchiman. Futbolchilar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. "Bunyodkor" butun mavsum chempionatda kuchli uch jamoadan biri bo‘ldi va uchinchi o‘rin uchun oxirigacha kurashdi, - deydi Shota Arveladze.
- Jamoa qachon yig‘iladi va keyingi rejalar qanday?
- 12 fevral kuni OChL ilk uchrashuvini o‘tkazamiz. Iroq klubi oxirgi uch mavsumda OFK kubogini yutgan. Juda jiddiy raqib. Xudo xohlasa, bu o‘yinni yutsak 19 fevral kuni safarda boshqa raqib bilan o‘ynaymiz. 24 dekabr kuni Toshkentda yig‘ilamiz va Yangi yil bayramiga qadar jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. 3 yanvardan navbatdagi yig‘in boshlaymiz. Dekabr va yanvar oyida bizning 14 nafar futbolchimiz turli terma jamoalarda bo‘lishadi. Shunday bo‘lsa ham mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rishga umid qilamiz. Barcha terma jamoalarmizga omad tilayman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi