11:04 / 01.12.2018
3 000

Del Boske: «Nomzodlar orasida u bo‘lmasa, «Oltin to‘p» o‘z ahamiyatini yo‘qotadi»

Del Boske: «Nomzodlar orasida u bo‘lmasa, «Oltin to‘p» o‘z ahamiyatini yo‘qotadi»
Ispaniya terma jamoasi va «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Visente del Boskening fikricha, «Oltin to‘p»ga nomzodlar uchligiga «Barselona» sardori Lionel Messining kiritilmasligi mukofot obro‘siga soya solishi mumkin. U bu haqda Marca muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.

«Nomzodlar uchligida Messi yo‘qligidan juda hayratga tushdim. Menimcha, agar u jahonning eng yaxshilari qatoriga kiritilmasa, sovrin o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotadi.

Buni eng kamida biroz g‘alati deb baholash mumkin», – dedi del Boske.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq norasmiy manbalar mukofotni «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich qo‘lga kiritishi, keyingi o‘rinlarni mos ravishda «Yuventus» va «Atletiko» hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann olishini xabar qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Del Boske: «Nomzodlar orasida u bo‘lmasa, «Oltin to‘p» o‘z ahamiyatini yo‘qotadi»