12:20 / 01.12.2018
3 132

"Navbahor" ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

"Navbahor" ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Pepsi Superliga 32-tur doirasidagi “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis jurnalistlarning savolllariga javob berdi.

"Avvalo bu yilgi muvaffaqiyat uchun yigitlarga, bizni nafaqat Namangandagi, balki safardagi uchrashuvlarda ham qo‘llab-quvvatlab, jamoamiz uchun qayg‘urgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va ularga sog‘liq hamda omad tilayman.

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, garchi afsuslanarli bo‘lsa-da, tan olish kerak, haqqoniy tarzda mag‘lubiyatga uchradik. Boisi, zaxiradagi yosh futbolchilarimizning saviyalari “Lokomotiv” futbolchilariniki singari yuqori darajada emas. Bunga o‘zinglar ham uchrashuv davomida guvoh bo‘ldinglar.

Jamoamizda tarkib borasida borasida muammolar bor. Bu muammo men “Navbahor”ga kelgan ilk kunimdan mavjud va sababi menga qorong‘u.

Shunday bo‘lsa-da, qo‘l ostimdagi o‘yinchilar o‘zlarining eng yaxshi jihatlari va ishtiyoqlarini namoyish eta olishdi. Ammo ishtiyoqning o‘zi bilan futbol o‘ynab bo‘lmaydi va ular ham temir emas, inson. Ayrim paytlarda ularning o‘yinlarida ham pasayish yuz beradi", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?