19:13 / 01.12.2018
4 147

UFC rahbari Nurmagomedov va Makgregorning navbatdagi raqiblarini ma’lum qildi

UFC rahbari Nurmagomedov va Makgregorning navbatdagi raqiblarini ma’lum qildi
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregorning bo‘lajak raqiblari haqida gapirdi.

«Endi Konor Dastin Pore bilan jang o‘tkazishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Toni Fergyuson kamar uchun bahsda Nurmagomedov bilan to‘qnash keladi. Keyin ushbu janglarning g‘oliblari bir-birlari bilan jang o‘tkazadilar», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMA Mania.

UFC rahbari ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda asosiy masala rossiyalikning ehtimoliy chetlatilishi hisoblanadi.

«Umid qilamanki, Nurmagomedov bir yildan ortiq muddatga chetlatilmaydi», - deya qayd etib o‘tdi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC rahbari Nurmagomedov va Makgregorning navbatdagi raqiblarini ma’lum qildi