07:31 / 02.12.2018
3 447

«Yuventus» yirik hisobda «Fiorentina»ni yengdi, Ronaldu gol urdi

«Yuventus» yirik hisobda «Fiorentina»ni yengdi, Ronaldu gol urdi
Italiya chempionati 14-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Yuventus» safarda «Fiorentina» bilan bellashdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Gollar Bentankur, Kellini va Ronaldu hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 40 ochko bilan 1-o‘rinda, «Fiorentina» esa 18 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

A Seriya, 14-tur
Fiorentina – Yuventus 0:3

1 dekabr, «Artemio Franki» stadioni
Gollar:
0:1 – 31 Bentankur, 0:2 – 69 Kellini, 0:3 – 79, penalti Ronaldu.

Fiorentina – Lafon, Petsselya, Biragi, Milenkovich, Vitor Ugo, Fernandesh, Veretu, Jerson (Tereo, 80), Benassi (Pyatsa, 65), Keza, Simeone.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, De Shilo, Joau Kanselu, Kellini, Kuadrado (Duglas Kosta, 84), Bentankur, Matyuidi, Dibala, Manjukich (Kin, 88), Ronaldu (Bernardeski, 80).
Ogohlantirishlar: Manjukich (11), Fernandesh (43), Bentankur (50), Vitor Ugo (51), Milenkovich (64), Petsselya (71), Ronaldu (79), Tereo (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» yirik hisobda «Fiorentina»ni yengdi, Ronaldu gol urdi