10:45 / 02.12.2018
3 138

Aleksandr Gvozdik WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Aleksandr Gvozdik WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdik (15-0, 12KO) yarim og‘ir vazn toifasida (-79,4 kg) WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Bu bokschi ushbu kamarni 2013 yildan beri egalik qilib kelayotgan Adonis Stivensondan (29-1-1, KO24) tortib oldi.

Dastlabki raundlarda bokschilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi va jang o‘rtalariga kelib Gvozdik ancha faollashdi, biroq har gal uning zarbalaridan kanadalik bokschi tezda o‘zini tiklab olishga erishdi. Bir necha marta hakamlar nokdaunlarni hisobga olmadi.

10-raundga kelib, Stivensonda charchoq alomatlari sezila boshladi. Bundan unumli foydalangan va tashabbusni qo‘lga olgan ukrainalik bokschi raqibini 11-raundda batamom ringga qulatdi. Uning zarbalari ketma-ketligidan hakam jangni to‘xtatdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Gvozdik WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi