15:10 / 02.12.2018
3 442

Fyuri Uaylderdan chempionlik kamarini tortib ololmadi (foto)

Fyuri Uaylderdan chempionlik kamarini tortib ololmadi (foto)
Biroz avval Los-Anjelesda super og‘ir vazn toifasida yilning eng yirik janglaridan biri yakuniga yetdi.

Ushbu vaznda WBC chempionlik kamari uchun kechgan jangda kamarning amaldagi g‘olibi amerikalik Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqdi.

Jangning dastlabki raundlarida Uaylder kichik ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa, 3- va 4-raundlarni Fyuri o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Jang o‘rtalariga kelib raqibidan 20 kg og‘ir bo‘lgan britaniyalik bokschi (Fyuri 116,3 kg) jangni hotirjamlik harakat qilishga urindi va asosan qarshi hujumda qulay vaziyatni kutdi. Biroq Uaylder (96,3kg) tinimsiz uni ta’qib qildi, ammo ko‘p zarbalari havoga ketdi.

Sakkizinchi raundga kelib Fyuri ikkita aniq zarbadan keyin, yana bitta qo‘shib qo‘ydi. Bu vaziyatda Uaylder o‘zini ushlab qoldi va raundni oxirigacha yetkazib qo‘ydi.

To‘qqizinchi raundda Uaylder faollikni oshirib, raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Raundning so‘nggi daqiqasi zarbalarsiz o‘tdi.

O‘ninchi raundda faollikni davom ettirgan amerikalik bokschi asosan zarbalarni qabul qilib oldi va raund Fyuri hisobiga yozildi.

O‘n birinchi raundda yangilik bo‘lmadi hisob. Doimgidek Uaylder oldinga tashlandi, biroq zarbalar havoda qoldi.

12-raundda Fyuri og‘ir nokdaunni qabul qilib oldi, biroq o‘zini tezda qo‘lga olib jangni yakunlashga erishdi. Shunday qilib g‘olib ochkolar bo‘yicha aniqlandi.

Hakamlarning qarori: 115-111 Uaylderga, 114-110 Fyuriga va 114-114 durang.

Amerikalik bokschi chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi va u navbatdagi jangini Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazadi.

Shunday qilib, Uaylder faoliyatidagi 41-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Mag‘lubiyat yo‘q.

Fyuri esa ketma-ket 27 g‘alabadan so‘ng professional ringdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fyuri Uaylderdan chempionlik kamarini tortib ololmadi (foto)