Foto: Twitter/@VisselKobe
Yaponiyaning «Vissel Kobe» futbol klubi ispaniyalik hujumchi David Vilya bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
36 yoshli Vilya 1 yanvardan boshlab «Vissel Kobe» safida to‘p suradi. Boisi uning «Nyu-York Siti» klubi bilan tuzgan shartnomasi 2018 yilning 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Vilyaning «Vissel Kobe» bilan tuzgan shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallangani ochiqlanmagan.
Foto: Twitter/@VisselKobe
Qayd etish joiz, «Vissel Kobe» safida ayni damda Andres Inesta va Lukas Podolski kab futbolchilar to‘p surmoqda.
Ma’lumot uchun, David Vilya shu vaqtga qadar «Sporting Xixon», «Saragosa», «Valensiya», «Barselona», «Atletiko Madrid», «Melburn Siti» kabi klublarda to‘p surgan.
U Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionati bilan bir qatorda Jahon chempionatida ham g‘olib bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi