06:31 / 03.12.2018
3 974

Usmon Toshev Tojikiston olimpiya terma jamoasida murabbiylar shtabini shakllantirdi

Usmon Toshev Tojikiston olimpiya terma jamoasida murabbiylar shtabini shakllantirdi
Tojikiston olimpiya terma jamoasi (U-23) bosh murabbiyi Usmon Toshev o‘z murabbiylar shtabini shakllantirdi. Bu haqda Tojikiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbada keltirilishicha, 53 yoshli mutaxassis o‘z shtabiga TFF akademiyasi murabbiyi Daler Kayosov va mamlakat terma jamoasi sobiq darvozaboni Alisher To‘ychiyevlarni jalb qilgan.

Terma jamoa 1 dekabrdan o‘zbekistonlik murabbiy qo‘l ostida Hisordagi Almosi shaharchasidagi TFF akademiyasi bazasida dekabr oyida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mashg‘ulotlarga kirishgan.

Tojikistonliklar 9 dekabr kuni Dohada Yamanga qarshi maydonga tushsa, 13, 16 dekabr kunlari Maskatda Ummonga qarshi va 20 dekabr kuni Manamada Bahrayn terma jamoasiga qarshi to‘p suradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev Tojikiston olimpiya terma jamoasida murabbiylar shtabini shakllantirdi